Konstitutsiyaviy islohot – mamlakatni yangilash sharti

12.04.2023, 15:07

Konstitutsiyaviy islohot – mamlakatni yangilash sharti

Xalq deputatlari Jizzax viloyat, tuman Kengashlaridagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, nuroniylar, mahalla ahli, yoshlar ishtirokida G’allorolda bo‘lib o‘tgan va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbir aynan shunday nomlandi.

Tadbir davomida so‘z olgan deputatlar, tumanda amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar misolida yurtimizda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekanlar, bu sa’y-harakat avvalambor, inson manfaatiga qaratilgani bilan ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratishdi.

Ayni paytda tumandagi 19 ta MFY, 2 ta ShFY va 14 ta QFYlar  hududida 182  mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. So‘nggi yillarda “Obod qishloq” (“Obod mahalla”) dasturi doirasida amalga oshirilgan obodonchilik, qurilish va bunyodkorlik ishlari tufayli tumandagi ko‘plab aholi maskanlari obod maskanlarga aylandi. Bu jarayonlarda aholining bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tumanda tadbirkorlar safi oshib, ko‘plab sanoat korxonalari faoliyat yurita boshladi.    

Tadbir davomida so‘zga chiqqan deputatlar Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz - qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi, insonning tug‘ilishidan boshlab, yashashi, sog‘ligi va ta’lim olishi, erk va majburiyatlarini o‘zida mujassam etishini aytib o‘tdilar.

O`zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi a’zosi, “Baxt” mahallasi yoshlar yetakchisi, “Fidoiy yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi Bobur Najmiddinovning g‘allaorollik yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtitrok etishga chorlovi esa, yig‘ilgan ko‘plab yigit-qizlar tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlarning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Jamshid Mamarasulov,

O`zLiDeP G’allaorol tuman Kengashi 

apparat rahbari

 

 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    73
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+