Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam

12.04.2023, 15:11

Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam

Sharof Rashidov tumanidagi “Kuyovboshi” MFYda joylashgan  Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika universitetining matematika va fizika fakultetida tashkil etilgan ommaviy tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari hamda universitetning professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi

Tadbirda so‘z olgan deputatlar ta’kidlab o‘tganlaridek,  Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ladi. Bu esa ta’lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviyligiga  huquqiy poydevor yaratadi.

Bugungi kunda viloyatda Oliy ta’lim dargohlari soni 5 taga yetdi. Jizzax Davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.

- Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi, - deydi Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Behzod Nomozov.

Yaratilayotgan bu sharoitlar, imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar ham so‘z olib, o‘z tengdoshlarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Tadbir so‘ngida taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+