Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar xususida talaba yoshlarga tushunchalar berildi
12.04.2023, 15:15

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mavluda Ibragimova va Durbek Axmedovlar ishtirokida Qo‘qon universitetida tashkil qilingan tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati, undan o‘rin olgan normalar haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda so‘z olganlar deputatlar oliy ta’lim muassasalari faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganligini qayd etdilar.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaga o‘qituvchilar bilan bog‘liq modda kiritilayotgani jamiyatda ushbu kasb egalariga nisbatan yillar davomida shakllangan munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish yo‘lida tashlangan dadil qadamligini ta’kidladi.
Ochiq va samimiy muloqotlar chog‘ida yoshlar Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda xalqimizning fikri, takliflari o‘rganilgani, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar avvalambor, inson va uning huquqlarini kafolatlashga qaratilganini ijobiy baholashdi. O’z navbatida, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga deputatlardan atroflicha javoblar olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi
10.11.2023, 15:58
-
Oziq-ovqat xavfsizligi va aholi bandligini ta’minlash masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi
07.11.2023, 14:49
-
Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:35
-
Guliston shahrida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oziq-ovqat xavfsizligi borasida amalga oshirilgan ishlarning holati qay darajada
06.11.2023, 10:01
-
Tuman mutasaddi rahbarlari o‘tgan yilgi anomal sovuqdan tegishli saboq chiqarishgan
02.11.2023, 17:11
Fikringizni qoldiring