Inson huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirilmoqda

12.04.2023, 15:20

Inson huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Xabaringiz bor, shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Urgut tumanidagi  Istirohat bog‘ida  ochiq osmon ostida “BIZ ERKINLIK UChUN OVOZ BYeRAMIZ!” shiori ostida tashkil qilindi. Unda parlament quyi palatasi va mahalliy kengash deputatlari, o‘n mindan ziyod tuman ahli, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari G’ayrat Abdiyev, Navro‘z Rizayevlar so‘zga chiqib Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartishlar negizida O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi mujassamligini qayd etishdi. Davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanyapti. Shuningdek, mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanayotgani, mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasining Asosiy qonunimizda belgilanayotgani partiya a’zolari va elektorati uchun ayni muddao bo‘lyapti.

Zero mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi. Shu bois, uni hech ikkilanmasdan xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman faxriylari, partiya faollari, ishbilarmonlar, tadbirkorlar va yoshlar xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, hammani 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan refrendumda yangi tahrirdagi konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi. Tadbir konsert dasturiga ulanib, estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari elga manzur bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+