Yangi Qomus biznesingizni kafolatlaydi

12.04.2023, 15:27

Yangi Qomus biznesingizni kafolatlaydi

Urgut  tumanidagi “Power  Thread” MChJda o‘tgan muloqot esa “Yangi Qomus biznesingiz rivojini kafolatlaydi!”  mavzusida bo‘ldi. Unda O‘zLiDeP  faollari, tadbirkorlar, korxona  ishchilari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi deputati G’ayrat Abdiyev va partiya viloyat kengashi bo‘lim mudiri Jahongir Xo‘jamkulov Yangilanayotgan qomusimizning mazmun-mohiyati, ayniqsa, unda tadbirorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi va kafolatlari xususidagi normalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

- Prezidentimizning oqilona siyosati tufayli iqtisodiy tashabbuskor qatlam – tadbirkor va ishbilarmonlar sinfi shakllandi, – dedi G’ayrat Abdiyev. – Ularga ulkan imtiyoz va preferensiyalar berilgani, erkin faoliyat yuritishlarini kafolatlovchi qonunlar qabul qilingani soha taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lmoqda. Natijada, kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga ko‘paydi. Ushbu sub’ektlarda ish bilan band bo‘lgan aholi vakillari soni ham bir necha barobar oshdi.  Mana, uzoqqa bormaylik, ushbu korxonada ham 100 dan ortiq turdagi oyok kiyimlari ishlab chiqarilib, nafaqat ichki, hatto tashqi bozorni ham sifatli mahsulot bilan ta’minlamoqda. Yangilanayotgan Asosiy qonunimizda mulkdor va ishbilarmonlar manfaatlari himoyasi har tomonlama kafolatlanayotgani bu boradagi yutuqlarni yanada yangi darajaga olib chiqadi.

Tadbirda so‘z olganlar barchani yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun birlashishga, referendumda faol qatnashishga chaqirdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat  kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    244
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+