Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati yoshlar va mahalla aholisiga tushuntirildi

13.04.2023, 12:33

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati yoshlar va mahalla aholisiga tushuntirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisini Uychi tumanidagi 2-sonli agrar sohaga yo‘naltirilgan kasb-hunar maktabi va tuman madaniyat markazida “Qashqar” mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida tashkil qildi.

B.Mirzamova yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berib o‘tdi. Xususan, ta’lim yo‘nalishida bosh qomusimizda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan modda va normalar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari loyihada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda.

Shuningdek, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, dam olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

So‘zi yakunida barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, albatta refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qoldi.

F.Ahmedov ,

Deputat yordamchisi

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+