Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!

13.04.2023, 12:36

Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!

Mirzacho‘l tuman markazi Madaniyat markazida O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi bilan “ Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” deb nomlangan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati a’zosi Xolida Alimova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va tumanda ahil-inoq yashayotgan turli millat vakillari ishtirok etgan tadbirda ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan.

- “Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart, - deydi senator X.Alimova. - Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamdahech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi

Tadbir davomida so‘zga chiqqan mirzacho‘llik turli kasb egalari, so‘nggi yillarda o‘z hayotlarida his qilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar misolida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularda inson sha’ni eng ulug‘ qadriyat deb qaralayotgani haqida gapirib, 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumda faol ishtirok etishlarini bildirib o‘tdilar va barcha mirzacho‘lliklarni ham ushbu siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Sirojiddin Ahmatov,  

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+