Yangi Konstitutsiya – fuqarolarning ijtimoiy himoyasi asosidir!

13.04.2023, 15:14

Yangi Konstitutsiya – fuqarolarning ijtimoiy himoyasi asosidir!

Boysun tumanidagi umumta’lim maktablarda shu nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov o‘qituvchilar, yoshlar, xotin-qizlar, mahalla faollariga Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilayotgani haqida tushuncha berdi.

O’zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Konstitutsiyaga o‘qituvchilar bilan bog‘liq modda kiritilayotgani — jamiyatda ushbu kasb egalariga nisbatan yillar davomida shakllangan munosabatni ijobiy tomonga o‘zgartirish yo‘lida tashlangan qadam, deya baholash mumkin. Chunki ta’lim sifatining orqaga ketishi — o‘qituvchining mehnati qadrsiz bo‘lgani bilan bevosita bog‘liq.

Deputat shular haqida so‘zlar ekan, barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+