Ishbilarmonlik muhiti yanada rivojlanadi

14.04.2023, 14:58

Ishbilarmonlik muhiti yanada rivojlanadi

“Yangilangan Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, o‘zimizniki!”.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Dilrabo SDA” korxonasida o‘tgan davra suhbati ana shior ostida tashkil etildi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, partiyaning parlamentdagi fraksiyasi a’zosi M.  Xo‘jayeva, senator  I. Najmiddinov, partiya viloyat va shahar kengashi mas’ullari, korxona ishchi-xodimlari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Dastlab tashviqot guruhi a’zolari bu yerda faoliyat yuritayotgan ishchi  xodimlar bilan suhbatlashishdi. Ish jarayonini yaqindan kuzatishdi.

O’z navbatida yangilanayotgan   Konstitutsiyasida  tadbirkorlar uchun alohida huquqiy imkoniyatlar kafolatlanatgani, davlat  o‘z zimmasiga bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlar olayotganligini aytishdi.  

Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi haqidagi normalar Bosh qomusimizda belgilanayotganini e’tirof etishdi.

Faollar uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarni o‘z kelajaklari uchun befarq bo‘lmaslik va bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

  • Ko'rildi
    147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+