Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi

14.04.2023, 18:13

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi

Qibray tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda qator soha vakillari, jumladan parlament quyi palatasi deputati Dilbar Usmonova, institutning o‘simliklar biokimyosi va fiziologiyasi labaratoriyasi loyiha rahbari Dilbar Rashidova hamda olimlar, aholi vakillari ishtirok etdi.

Dilbar Usmonova ta’kidlaganidek, Konstitutsiyamizda oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi kafolatlanmoqda. Ushbu normaning kiritilishi oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga davlat ishtirokini cheklashga, professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday ekan bo‘lajak referendumda barchamiz faol ishtirok etib, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz uchun ovoz beraylik.

  • Ko'rildi
    194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+