Kelajak poydevori bugundan quriladi

17.04.2023, 15:50

Kelajak poydevori bugundan quriladi

Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam! Ayni shior ostidagi targ‘ibot uchrashuvi  Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari, shuningdek, O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisi, deputat  Xurshidaxon Xalilova ishtirok etdi.

Deputatlar o‘z ma’ruzasida konstitutsiyaviy qonun loyihasida oliy ta’lim olish huquqi konstitutsiya darajasigacha ko‘tarilayotganini ta’kidlashdi.  Yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun ularga zarur imkoniyatlar, ya’ni sog‘lom va uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, ishga joylashish, band bo‘lish va dam olish imkoniyatlarini yaratish zarurdir. Davlat bu borada tegishli shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyat olmoqda, chunki mazkur normalar nafaqat yoshlarimiz manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning farovon taqdiri uchun muhimdir.

“Shunday ekan o‘z kelajagingizga befarq bo‘lmasdan, 30 aprel kuni  bo‘ladigan referendumda faol bo‘lishingiz joizdir. Zero, kelajak poydevori bugundan quriladi”, dedi notiqlar.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+