Referendum oldidan O‘zLiDePning tashviqot tadbirlari davom etmoqda

17.04.2023, 15:52

Referendum oldidan O‘zLiDePning tashviqot tadbirlari  davom etmoqda

Vobkent tumani markazida O`zLiDeP faollari, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, hamda keng jamoatchilik vakillari, fermerlar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun mohiyati va 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumning Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi ahamiyati xususida so‘z bordi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Emma Aslonova, Madina Barotova, partiya viloyat Kengashi apparti rahbari Bobomurod Ochilov ta’kidlaganidek, Bosh Qomusimizda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi va kofolatlari to‘g‘risidagi normalar o‘z ifodasini topgan.

-O’tgan davr ichida mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlar sinfi shakllanganligi, ularga beqiyos imtiyoz, imkoniyat va preferensiyalar berilgani, erkin faoliyat yuritishlarini kafolatlovchi qonunlarning qabul qilinganligi vobkentlik soha xodimlarini ham yanada g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib ishlashga da’vat etayotganini ko‘rib biz chindanda quvondik,- deydi deputat E.Aslonova.

Darhaqiqat, tadbirkorlik sohasi bo‘yicha yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning barchasi qadim maskanlardan biri Vobkentda ham o‘z samarasini bermoqda. Buni tumandagi ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar, xalq turmush farovonligining oshib borayotganida ham ko‘rsa bo‘ladi. Hej shubhasiz, bunda mahalliy tadbirkor, ishbilarmon va fermerlarning ham salmoqli hissasi bor.

- Bosh qomusimiz loyihasi bilan tanishib chiqqan kishi inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligi qayta-qayta amin bo‘ladi, - deydi deputat M.Barotova. - Chindan ham tamoyil darajasidagi bu ibora barcha yurtdoshlarimiz ayniqsa yosh avlod vakillariga to‘la ta’luqli ekanligini Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan bilib olish qiyin emas.  Binobarin, mustaqil yurtimizning buguni va ertasi yoshlar qo‘lida ekan, Yoshlarga oid davlat siyosati hamda ushbu siyosat doirasida belgilangan maqsad-vazifalar yosh avlod manfaatlariga xizmat qilishi bilan  ahamiyatlidir.

Targ‘ibot-tashviqot tadbiri davomida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+