Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03

O‘zLiDeP O’zbekiston tuman kengashi Ayollar qanoti tashabbusi bilan event tadbir o‘tkazildi.
Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ushbu tashviqot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayeva, tuman xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zulfiya Sarimsoqova, Yoshlar parlamenti a’zosi Inomjon Isroilov va aholi vakillari ishtirok etdi.
Mavluda Xo‘jayeva o‘z so‘zida yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi. Xususan, hujjatning 58-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda hamda boshqa sohalarda teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi belgilab qo‘yilayotganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, Bosh qomusimizda oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilgani, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayotganini tushuntirdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi. Ikki yuzga yaqin xotin-qizni o‘zida jamlagan davra suhbati ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Muloqot yakunida notiqlar iishtirokchilarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
28.09.2023, 12:15
-
Ayollar manfaatlari BMT sammiti muhokamasida
28.09.2023, 11:58
-
“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi
26.09.2023, 16:56
-
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi
25.09.2023, 16:23
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
Fikringizni qoldiring