Buxoro xalqaro aeroportida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tashviqot tadbiri o‘tkazildi

18.04.2023, 16:37

Buxoro xalqaro aeroportida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tashviqot tadbiri o‘tkazildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati tashviqotiga bag‘ishlangan tadbir «Buxoro xalqaro aeroporti»da faoliyat olib borayotgan BPTda  bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari,  partiya vakillari, faollari, BPT a’zolari va aeroport ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan deputatlar va partiya faollari bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi.

Darhaqiqat, xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetmoqda. Xalq  fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

So‘zga chiqqanlar shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada partiya elektorati bo‘lgan biznes sub’ektlari manfaatlarini to‘liq himoya qiladigan qator normalar o‘z aksini topayotganini ham  ta’kidlab, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirishdi.

Tadbir konsert dasturiga ulanib, estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari dillarni xushnud etdi.

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+