Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ertamiz va erkimizning ishonchli kafolati

18.04.2023, 17:25

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ertamiz va erkimizning ishonchli kafolati

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik  partiyasi tashabbusi bilan Toshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida shu mavzuda yoshlar bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayeva ishtirok etdi va shunday dedi:

- Darhaqiqat, biror bir soha, tarmoq yoki yo‘nalish yo‘q-ki, ertamiz va erkimizning ishonchli kafolati bo‘lmish yangilanayotgan konstitutsiyada o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa. Ta’lim, fan-texnika, sog‘liqni saqlash va boshqa bir qator ijtimoiy yo‘nalishlar vakillari tomonidan bildirilgan taklif va istaklarning aksariyati qonun loyihasida muhrlab qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlatning fuqarolarga internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi kafolatlanmoqda. Zero, O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 2016 yilda 12,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib ikki barobarga, ya’ni 24 mlndan oshdi. Shuningdek, mamlakatimiz aholi yashash maskanlari hududining tarmoq bilan qamrovi 2016 yildagi 28 foizdan 2022 yilda 98 foizga yetgan.

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+