Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan O`zLiDeP kuzatuvchilari uchun 5 kunlik o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.
Seminarda referendumni o‘tkazish jarayonida partiya kuzatuvchilarining ishtiroki va vazifalari yuzasidan fikr- mulohazalar bildirib o‘tildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, soha mutaxassislari, Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashyapti.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi komissiyalar va ularning faoliyati asoslari, referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati va uni samarali tashkil etish, ushbu jarayonida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari hamda mahalliy kuzatuvchilarning ishtirok etish tartib-qoidalari kabi masalalarda ma’ruzalar qilinmoqda.
Seminarda Referendumda partiya kuzatuvchilarining huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining alohida xususiyatlari borasida batafsil tushunchalar berib o‘tilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31
Fikringizni qoldiring