Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi

19.04.2023, 14:59

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlari orasida targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisini Toshkent tumanidagi tuman xotin-qizlar maslahatchilari bilan o‘tkazdi.

Deputatning targ‘ibot tadbirida ta’kidlashicha, yangilanayotgan Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda.

Bundan tashqari qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, dam olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

Yangi tahrirdagi Qomusda davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashiga doir norma mustahkamlab qo‘yilmoqda.

So‘zi yakunida barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, umumxalq referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+