Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi

20.04.2023, 14:15

Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng ommaga ayniqsa yoshlarga tashviqot qilish maqsadida  "Referendum va yoshlar" mavzusida forum tashkil qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiya vakillari, universitet rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Forumda so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan bosh qomusimizda  yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlatning eng muhim konstitutsiyaviy vazifalaridan biri alohida bob bo‘lib ajratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Yangilanayotgan bosh qomusimizda yoshlar masalalari bo‘yicha alohida bob kiritilayotganligi ham bejiz emas. Turli OAVlar orqali yoshlarni yot fikrlarga ergashtirish, umuminsoniy qadriyatlardan yiroqlashtirish kabi turli g‘oyalar shakllanayotgani eshitib turibmiz. Ming afsuski, o‘zimizni farzandlarimiz, yoshlarimiz  bu kabi qarashlarga o‘ralashib qolayotganligi albatta eng achinarli holatlardan biridir. Bularni oldini olish va yoshlarimizning farovon kelajagini ta’minlash hamda mamlakatimiz kelajagi yoshlarimiz qo‘lida ekanligi inobatga olib, Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat, jumladan aynan siz va biz tomondan bolalar va yoshlarimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish kafolatlanmoqda.

Mazkur normalarni Konstitutsiyamizda aks ettirilishi yoshlarimizning ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonligi hamda jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lib rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Forumda talaba yoshlarga bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va normalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Forum doirasida talaba yoshlarning ham fikr va takliflari tinglanib, el sevgan xonandolarning kuy-qo‘shiqlari barchaga xo‘sh kayfiyat ulashdi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+