Yangi Konstitutsiya – siyosiy va ijtimoiy barqarorlikning huquqiy kafolati!

20.04.2023, 14:28

Yangi Konstitutsiya – siyosiy va ijtimoiy barqarorlikning huquqiy kafolati!

Romitan tumanida yangilanayotgan Konstitutsiya tashviqotiga bag‘ishlangan tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

“Yangi Konstitutsiya – siyosiy va ijtimoiy barqarorlikning huquqiy kafolati!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova, O’zLiDeP viloyat, tuman Kengashi mas’ullari va faollari, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkorlar, fermerlar, yoshlar va ayollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilgari amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirilayotgani, unda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinganini ta’kidlashdi. Qolaversa, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar bir necha karraga ortayotgani, o‘z navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga ko‘payayotganiga alohida urg‘u berishdi.

Shuningdek, tadbirda Konstitutsiyada tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, adolatli soliq tizimini yo‘lga qo‘yish, monopolistik faoliyatni cheklash orqali tom ma’noda erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun barqaror asoslar yaratilayotgani ham aytib o‘tildi.

Event tadbir ishtirokchilari butun mamlakatimiz bo‘ylab 30 aprelda o‘tkaziladigan referendumga faol ishtirok etib, Yangilanayotgan Konstitutsiya uchun yakdillik bilan ovoz berishga da’vat etildilar.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+