Partiya yetakchisi Zafarobodda korxona ishchi-xodimlari bilan muloqotda bo‘ldi

20.04.2023, 14:34

Partiya yetakchisi Zafarobodda korxona ishchi-xodimlari bilan muloqotda bo‘ldi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan bo‘lajak referendum hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida muloqot qildilar.

Zafarobod tumanidagi muloqotlar so‘nggi yillarda qishloqlarga kirib kelgan islohotlar samarasi – “CHELEBI TEXTILE” tikuv fabrikasidan boshlandi. Mazkur fabrikada bugungi kunda uch smenada ish tashkil qilingan bo‘lib, 300 nafardan ortiq xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. Tayyorlanayotgan mahsulotlar asosan xorijga eksport qilinmoqda.

Bu yerda bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida, fabrika ishchi va xodimlariga konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko‘zlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi muhim qadriyatlar mujassamligi, ular davlatchilikning tamal toshlari sifatida mustahkamlanayotgani aytib o‘tildi.

Partiya yetakchisining so‘zlarini diqqat bilan eshitgan, fabrika qizlarining baland ovozda “Konstitutsiya meniki, konstitutsiya seniki, konstitutsiya bizniki, Konstitutsiya o‘zimizniki”, deb jo‘r bo‘lib takrorlashgani barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Keyingi muloqot manzili – tumandagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Ayni paytda Zafarobodda  umumiy 354 gektar maydonda jami 5391 ta tomorqachi faoliyat olib bormoqda. “Bir mahalla – Bir mahsulot” tamoyiliga asosan mazkur mahalla tomorqachilari ko‘proq kartoshkachilikka ixtisoslashgan. Shunday tomorqachilardan biri – Izatoy Mallayeva xonadonida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida ham bo‘lajak referendum  va yangilanayotgan konstitutsiyaning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.  Partiya yetakchisi ta’kidlab o‘tganidek, Yangilanagan Konstitutsiyamizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritildi.

Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank amaliyotlari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida yig‘ilganlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

O’z o‘rnida zafarobodliklar ham yurtimiz, elimiz hayotida muhim o‘rin tutuvchi bu siyosiy jarayonga befarq emasliklarini, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda Yangilangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab ovoz berishlarini bildirib o‘tdilar.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+