Yangi Konstitutsiya – mening tanlovim
28.04.2023, 10:58

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari U. Zokirova va J. Ergashev, mahalliy kengash deputatlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
– Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida, referendum orqali amalga oshirsak, bu tom ma’noda haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi, – dedi kengash raisi Xurshidaxon Xalilova. – Mana shunday uchrashuvlar, ochiq muloqotlar ayni maqsadlarimizni amalga oshirishda katta imkoniyat bermoqda.
Tadbirda ishtirok etgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq muddatli kuzatuvchilari Marketa Nekvidova va Antich Miloshning fikrlari ham yig‘ilganlarga katta qiziqish uyg‘otdi. Muloqot qizg‘in savol-javoblarga ulanib ketdi.
Muyassarxon UMURZOQOVA,
O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring