Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07

Yangilanayotgan konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha tashviqot tadbirlari joylarda davom etmoqda.
Mazkur mazundagi tashviqot tadbiri Taxtako‘pir tumani Qara oy ovulidagi “Good salt product” MChJda tashkil qilindi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi B. Aldamuratov, targ‘iot guruhi a’zolari va korxona xodimlari ishtirok etdi.
Notiqlar bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishdi. Jumladan, xususiy mulk daxlsiz mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas. Ushbu normalar mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasi va kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolarni mol-mulkidan sud qarorisiz mahrum etmaslik to‘g‘risidagi me’yorning kiritilishi esa kelajakda aholining turmush farovonligini oshirish, yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan kafolatlash, xususiy mulkning daxlsizligini kuchaytirishga katta turtki bo‘ladi.
Yangi Konstitutsiyada barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanyapti.
Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarining fikr va takliflarini ham bildirishdi. Bunday tadbir Taxtako‘pir tumanidagi 1, 6 va 10-MTMda ham tashkil qilindi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Referendum tashviqoti tadbiri mahalla aholisi ishtirokida o‘tkazildi
28.04.2023, 11:36
Fikringizni qoldiring