“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhlar eng chekka hududlargacha borib targ‘ibot, tashviqot tadbirlari tashkil etmoqda.
O‘ZLiDeP Zarafshon shahar kengashi kasb-hunar maktabida yoshlar bilan muloqot tashkil etdi. Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati A. To‘ligenova, partiya Navoiy viloyati kengashi apparat rahbari M. Eshniyozov so‘zga chiqib, yangilanayotgan konistitutsiyaning 46-moddasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, munosib turmush sharoitlarini yaratish, hech kim e’tibordan chetda qolmasligi uchun davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan normalar mustahkamlanayotganini aytishdi.
Tadbir davomida yoshlarning savollariga batafsil javob berishdi. O’z navbatida o‘g‘il-qizlar ham Konistitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlardan mamnunliklarini bildirib, 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumga faol ishtirok etish istagini bildirishdi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
28.09.2023, 12:02
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
Fikringizni qoldiring