Islohotlarimiz jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak

28.04.2023, 17:17

Islohotlarimiz jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak

Kecha poytaxtimizda ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ish boshladi. O’tgan yili bo‘lib o‘tgan birinchi TXIF erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, unda 7,8 milliard dollarlik shartnomalar va investitsiya bitimlarining mustahkam paketi imzolangan edi. Forumning joriy yilgi tadbirlar dasturi ham juda boy. 150 dan ortiq ma’ruzachilar – yetakchi xalqaro kompaniyalar, jamg‘armalar rahbarlari, qator mamlakatlarning taniqli iqtisodchilari va ekspertlari ishtirokida jahon sarmoyasi tendensiyalari, «yashil» energetikani rivojlantirish istiqbollari, elektron tijorat va xalqaro miqyosda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va boshqa ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Yalpi sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar qatnashmoqda.

Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya foruminingochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidan so‘ng qisqa vaqt davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Mintaqamizdagi eng qulay fiskal tizimni yaratish bo‘yicha katta o‘zgarishlarga erishilganligi, xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi   12 foizga tushirilgani, qo‘shilgan qiymat solig‘ini eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarish joriy qilingani, soliq va bojxonada o‘zaro hisobga olish yo‘lga qo‘yilgani, xorijiy investorlarning o‘z aksiyalaridan oladigan dividendlari uch yil muddatga soliqdan ozod qilingani, ular uchun foyda solig‘i 20 foizdan 12 foizga tushirilgani va shu kabi ko‘plab keng ko‘lamli sa’y-harakatlar samarasi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

-Islohotlarimiz natijasida O’zbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlandi, – deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Birgina misol. Bir yilning o‘zida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilingan. Kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi          10 milliard dollarga yetgan yoki islohotlar boshlangan 2017 yilga nisbatan 3 barobar oshgan. 1 millionga yaqin aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu ko‘rsatkich 30 foizdan yuqori edi.

Prezidentimiz o‘z nutqida, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi yangi imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Yashil iqtisodiyot”, transport, aviatsiya, temiryo‘l sohalaridagi loyihalar, tez o‘sib kelayotgan IT, turizm, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda O’zbekiston mintaqaviy xabga aylanib borayotgani, bu yil davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha “1 ming + 1 ming + 40” dasturini qabul qilingani, industrial rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga ustuvor ahamiyat berilayotgani, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik siyosatini davom ettirib, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan faol ishlar davom ettiriladi.

Poytaxtimizda shunday nufuzli xalqaro anjumanning mamlakatimiz hayotidagi eng muhim siyosiy jarayon – 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida ish boshlagani ham o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Chunki, xorijiy hukumatlar va xalqaro moliya institutlari vakillari hamda nufuzli kompaniyalar rahbarlarining ushbu forum doirasidagi tashrifi nafaqat diyorimizga hurmat va ehtirom ramzi, balki diyorimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonch ifodasi hamdir. Chunki, Islohotlarimiz jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak.

Sherzod Mamatqulov

O`zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi apparat rahbari

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+