Tomorqa – xazina manbai
28.04.2023, 17:22

Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara bermoqda.
O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Shodlik mahallasida tomorqadan samarali foydalanish, dehqonchilikda mashhur ushbu tuman tajribasini ommalashtirish maqsadida “Tomorqa – xazina manbai” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda siyosiy kuch va tuzilmaning viloyatdagi mas’ul xodimlari, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Unda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ertaki, takroriy, to‘qsonbosti ekinlar ekish, sabzavotlarni parvarishlash, ixcham issiqxona qurish, hosilni yig‘ishdan sotishgacha, umuman tomorqaga xizmat ko‘rsatish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga ko‘chatchilik, so‘ritok usulida uzum yetishtirish, limonchilik, intensiv baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, dala do‘konlari qurish, kichik muzlatkichlar uchun kreditlar ajratish tartib-taomillari to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Yakunda sektor rahbarlari, soha mutaxassislari va hokim yoramchilariga tomorqalardan oqilona foydalanib, yiliga ikki-uch marta hosil olishni keng joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Elyor JO’RAYEV,
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Mirzaobod tajribasi: mehr bersang tomorqa – katta daromad manbai
20.04.2023, 14:24
-
Asakalik tomorqachi ayol 18 sotix yerdan yiliga 120 million so‘mga yaqin daromad topmoqda
02.03.2023, 15:23
-
Termizlik tomorqachi issiqxonadan qanday daromad topishni yaxshi biladi
28.02.2023, 18:53
-
Sarishtali xonadonda baraka bo‘ladi
27.02.2023, 12:56
Fikringizni qoldiring