O’zbekiston yana dunyo investorlari nigohida

01.05.2023, 10:04

O’zbekiston yana dunyo investorlari nigohida

Poytaxtimizda AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, MDH, Turkiya, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Misr, yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan 2,5 mingdan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat O’zbekiston uchun balki mintaqa mamlakatlari uchun o‘zaro bog‘liqlik va muloqot maydoniga aylandi.

Forumda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoning nutqi jahon biznes olami vakillari va ekspertlar tomonidan e’tirof etildi. Davlatimiz rahbarining “Sizlar o‘zingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Bunga men Prezident sifatida kafolat beraman. Yangi O’zbekiston Sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman” degan fikrlari xorijlik investorlarni yurtimizga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida turli sohalar bo‘yicha panel munozaralar o‘tkazilgani taqsinga sazovor. Jumaldan "Zamonaviy qurilish va qurilish materiallari sanoati" panel munozarasida mutaxassislar sohani rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Xususan, zamonaviy qurilish va qurilish materiallari sanoati iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmog‘i ekanligi ta’kidlandi. Biroq, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan yangi texnologiyalar, shuningdek, tashqi inqirozlar sharoitida sanoat doimo o‘zgarib turadi. Yaqin kelajakda qurilish sanoati resurslarni hurmat qilish, uy-joy xavfsizligi va qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan “yashil” standartlar va texnologiyalarga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Sessiyani ochar ekan, Moskva fizika-texnika instituti huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi direktori Murat Mirzayev O’zbekistonda yangi “yashil” texnologiyalardan va ishlab chiqarilgan materiallardan foydalangan holda qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qadamlar haqida gapirdi.

Ma’ruzachining so‘zlariga ko‘ra, qurilishda yashil texnologiyalardan foydalanishni hisobga olgan holda, xususiy uy xo‘jaliklarini sohaga ko‘proq jalb qilish zarur.

Sessiyalardan biri iqtisodiyotning muhim tarmoqlari bo‘lgan katta investitsion salohiyatga ega bo‘lgan to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga bag‘ishlandi. Bu tarmoqlarda to‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, aksessuarlar, charm buyumlar kabi keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega vas hu bilan birga ularning barchasi O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

"Bank va moliya: yangi imkoniyatlar" sessiyasida bank va moliya tizimi rivojlanib, takomillashib, investorlar, tadbirkorlar va mijozlar uchun yangi zamin yaratayotganini ta’kidlandi. Biroq, tezkor rivojlanish va o‘zgarishlar sharoitida yangi tendensiyalarni kuzatib borish muhim, deya ta’kidladi mutaxassislar. So‘nggi yillarda O’zbekistonda bu borada salmoqli islohotlar amalga oshirilgani, jumladan, valyuta bozorini liberallashtirish, davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani, raqamli platformalarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilayotgani, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.

Bu forumning ahamiyati shundan iboratki, O’zbekiston ikkinchi bor yana dunyo investorlari nigohida tushdi. Toshkent bu borada dunyo biznes olami vakillarining eng sevimli maskaniga aylandi. Oldingi forumdan farqli o‘laroq ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida vazirliklar, banklar, viloyat hokimliklari va boshqa tashkilotlarga xorijiy investorlar tomonidan 11 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Eng muhimi ham aslida shu edi. Chunki investitsiya bu taraqqiyotdan, rivojlanishdan va yurt istiqbolidan darak beradi.

      Hazratqul Xo‘jamqulov,

      Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    342
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+