Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ehtiyojmand aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida partiya Ayollar qanoti tomonidan tashkil etilgan “Bir deputat - yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida mahalliy kengash deputatlari tomonidan ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urilmoqda.
Bu borada, Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Saodat Abdukarimova ham mazkur loyiha doirasida ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatib kelyapti.
Yangiariq tumani «Yangiariq» MFYdagi «Ayollar daftari» ro‘yxatida turgan ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinasi va asbob-uskunalar olib berishda va bandligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatdi. Mazkur mahalla fuqarolari M.Karimovaga tikuv mashinasi hamda D.Atajanovaga go‘zallik saloni ochish uchun yaqindan ko‘maklashildi. Hozirgi kunda bu mahalla xotin-qizlari o‘z-o‘zini band qilib, faoliyatlarini olib bormoqdalar.
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
Fikringizni qoldiring