Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48

Aholi murojaatlarining ijrosi – deputat faoliyatiga tutilgan ko‘zgudir. Ko‘pchilikni tashvishga solayotgan muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topayotgan, el dardini o‘z dardi, deb bilgan xalq noiblari saylovchilar ishonchini qozona olishadi.
Zomin tumanidagi 36-“Navoiy” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari O’zLiDeP viloyat Kengashi deputati Erkin Xolmatov ana shunday xalq noiblaridan biri.
Saylovchilar unga ishonib bildirilgan birorta murojaat deputat nazoratidan chetda qolmaydi. Buni hudud aholisi yaxshi biladi. Shu sabab, nafaqat hududdagi katta yoshdagi aholi, balki yoshlar ham muammolar yuzasidan yordam va yo‘l-yo‘riq so‘rab deputatga bot-bot murojaat qilib turishadi.
Qo‘shtol MFYda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironlari - Zuhra Oqbo‘tayeva va Nigora Orziqulovalar ham deputatga murojaat qilib, tibbiy muolaja olishda yordam berishni so‘rashdi.
Mazkur murojaatlar darhol deputat nazoratiga olindi hamda ishchi guruh tomonidan ularning oilaviy ahvoli o‘rganildi. Ayni paytda murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatish borasida ish olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat murojaatchilar, balki hududdagi Gulshan, Navoiy QFY, Pshag‘or, Nurlikent, Qo‘shtol, Yoshlik MFYlarda yoshlar bilan ham muntazam ravishda muloqotlar tashkil qilinmoqda. 14 nafar nogiron yoshlar esa bevosita doimiy deputatlik nazoratiga olingan.
Xolbek ASATOV,
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan
ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
Fikringizni qoldiring