Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul

05.05.2023, 11:53

Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul

Ayni kunlarda joylarda joriy yil 11 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

E’tiborli tomoni, mazkur sa’y-harakatlarda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi a’zolari ham faol ishtirok etmoqdalar. 119 nafar boy hayotiy va siyosiy tajribaga ega maslakdoshlarimiz barcha tumanlarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan tadbir va uchrashuvlarda, seminarlarda yigit – qizlar bilan yaqindan muloqot qilmoqdalar. Ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘zlari tanlagan sohalarda iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bilan birga, amaliy ko‘mak ham bermoqdalar.

Ayni paytda faxriylarimiz barcha tumanlarda “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyiliga ko‘ra “Keksalar maslahati” guruhlari a’zolari bilan birgalikda har bir mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashni, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini, jumladan, sport va kitobxonlik bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish ishlarini o‘z nazoratlariga oldilar.

Shuningdek, viloyatning barcha ta’lim maskanlarida hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda tashkil etilayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faxriylarimiz faol ishtirok etmoqdalar.

Yu.Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlarda Faxriylar Kengashi a’zolari – G’ayrat Bekmurodov,  Malika Aralovalar ishtirok etib, ma’naviyat xodimlari bilan hamkorlik yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirib o‘tdilar. Zomin, Sharof Rashidov va boshqa tumanlarda ushbu mavzuda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ham faxriylarimiz o‘z faolliklari bilan alohida ajralib turishdi.

E’tiborli tomoni, faxriylarimiz yoshlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda yigit-qizlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammoli masalalarni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etishga harakat qilmoqdalar. Yoshlar tomonidan qilinayotgan har bir murojaat, har bir taklif faxriylarimiz nazoratiga olinmoqda.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik

guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    298
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+