Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54

Barcha yerda bo‘lganidek, Qorako‘l tumanida ham aholi salomatligini saqlashga, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklarning oldini olishga, davolash profilaktika ishlarini davr talablari asosida olib borishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu muhim jarayonda tumandagi OʻzLiDeP faollari va mahalliy Kengash deputatlarining ham o‘z o‘rni va munosib hissasi bor, albatta.
Yaqinda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari, OʻzLiDeP tuman Kengashi raisi, mahalliy Kengash deputati Elyor Oltiyev tomonidan “Bir deputat-yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida saylov okrugiga qarashli MFYlar aholisi ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 16 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning ko‘pchiligi tibbiyot sohasida doimiy ish bilan ta’minlash, davolash muassasalarigi order ajratish singari masalalarda bo‘lib ularning aksariyati deputat tomonidan o‘z joyida hal etildi.
Shu tariqa "Eski qa’la" MFYda yashovchi fuqarolar Dilnoza Qurbonova va Nigora Nurmamatovalar tuman tibbiyot birlashmasiga kichik tibbiy xodim sifatida ishga joylashtirildi, 3 nafar fuqaroga viloyat kasalxonasiga davolanishi uchun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan navbatsiz qo‘shimcha imtiyozli yo‘llanma (order) ajratilishiga erishildi, 5 nafar fuqaro markaziy kasalxonada statsionar tartibida davolanish uchun yotqizilgan bo‘lsa, 4 nafari ambulator davolanadigan bo‘ldi.
Qabul davomida bir qator fuqarolarning murojaatlari asosida amaldagi qonunlar hamda keyingi paytda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
OʻzLiDeP Buxoro viloyat Kengashi
matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Qashqadaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning axboroti tanqidiy ko‘rib chiqildi
28.09.2023, 12:09
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
Fikringizni qoldiring