O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi

11.05.2023, 10:43

O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022 yil 12 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Yoshlar parlamenti Nizomi va Reglamenti tasdiqlandi.

2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga uch bosqichda saylovlar tashkil etildi, joylardagi hududiy partiya Kengashlariga jami 5283 nafar yoshlar Yoshlar parlamenti a’zoligiga ariza topshirgan va shulardan 53 nafari respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining birinchi yig‘ilishi Toshkent shahrida 2023 yil 11-12 may kunlari o‘tkazilmoqda.

Yoshlar parlamenti a’zolari ilk marotaba O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasiga tashrif byurdi. Uchrashuv davomida siyosiy partiya faoliyati, yo‘nalishlari, asosiy vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, Ijroiya qo‘mita Rais o‘rinbosarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan samarali muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilayotgan muhim o‘zgarishlar va islohotlar, zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, bilimli va ma’rifatli avlodni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Muloqot davomida tashkiliy masala ko‘rildi, Yoshlar parlamenti Nizomi va Reglamentiga muvofiq Yoshlar parlamenti a’zolari tomonidan bir ovozdan Yoshlar parlamentiga O‘zLiDeP yoshlar guruhi rahbari etib Sobitov Otabekxo‘ja Yo‘ldosh o‘g‘lining nomzodi saylandi hamda Yoshlar parlamenti a’zolarining birinchi yig‘ilishiga taklif kiritildi.

O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga ulkan zafarlar tilagan holda Partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi.

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Zoxidov Ravshanbek 2023-06-09 10:28:13

A'lo yoshlarga e'tibor zor O‘zLiDeP ni omadini bersin


Fikringizni qoldiring

+