BPT umumiy yig‘ilishlarida partiya tuman, shahar kengashlari konferensiyasiga delegatlar saylanmoqda

15.05.2023, 18:28

BPT umumiy yig‘ilishlarida partiya tuman, shahar kengashlari konferensiyasiga delegatlar saylanmoqda

Ayni paytda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida faoliyat olib borayotgan va o‘z safiga 100 ming nafardan ortiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tayotgan umumiy yig‘ilishlarda joriy yil 12 may kuni bo‘lib o‘tgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining XIV navbatdagi majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilinmoqda va tuman (shahar) partiya Kengashlarining navbatdag Konferensiyalariga delegatlar saylanmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi yotoqxonasida tashkil etilgan va tajribali maslakdoshimiz Gulzoda Zuhurova yetakchilik qilayotgan BPT da bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilish ham aynan shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in faollari bilan birga partiya shahar Kengashi xodimlari, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, elektorat vakillari ham ishtirok etishdi.

Unda so‘zga chiqqan deputatlar, partiya xodimlari yurtimizda davom etayotgan siyosiy-iqtisodiy jarayonlar va ularda partiya faollarining o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Umumiy yig‘ilishda texnikum direktori, BPT raisi Gulzoda Zuhurova  partiya Jizzax shahar Kengashining navbatdagi Konferensiyasiga delegat etib saylandi.

Shohruh O’rozboyev,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+