Nurafshonlik faxriylar o‘z faoliyatlarini sarhisob qilishdi
19.05.2023, 16:34

Toshkent viloyatining tobora yangilanayotgan markazi Nurafshon shahrida ham quyi bo‘g‘inlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishlari davom etmoqda. Ularda mahalliy kengashlarning navbatdagi konferensiyalariga delegatlar saylanmoqda va Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar to‘planmoqda.
Nurafshonning so‘lim go‘shalardan biri – Nuroniylar maskanida partiya shahar kengashidagi “Oybek” BPTning navbatdagi umumiy yig‘ilishi ham ayni maqsadda o‘tdi. Unda partiya Toshkent viloyat hamda Nurafshon shahar kengashi mutasaddilari, Faxriylar kengashi a’zolari, faollar hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan O’zLiDeP Nurafshon shahar kengashi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi Oktam Haydarov bugun yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan samarali islohotlar haqida so‘zladi. Saylovlarning mamlakat ijtimoiy, siyosiy hayoti va barqaror rivojida muhim o‘rin tutishi, yurt taqdirini hal etuvchi mazkur muhim pallada befarq bo‘lmaslikni uqtirdi. Siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rib, uni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda nuroniy va faxriylar ham jonbozlik ko‘rsatishini, ayniqsa, BPTning “Madad” guruhi a’zolari ko‘magi va bosh-qoshligida ibratli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida partiya Nurafshon shahar kengashining bo‘lajak konferensiyasiga BPT faoli Solijon Tojiyevni bir ovozdan delegat etib saylashdi. Nurafshonlik otaxon va onaxonlardan iborat bir guruh partiya xayrixohlari o‘z tashabbuslari bilan partiyamiz tomonidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqasini imzolashdi.
Zuxro MIRZOHAMDAMOVA,
O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring