Har bir imzo – bir ishonch demak

19.05.2023, 18:10

Har bir imzo – bir ishonch demak

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident saylovida ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishganidan xabaringiz bor. Mazkur jarayon partiyaning Buxoro viloyatidagi  hududiy tashkilotlarida ham  uyushqoqlik bilan tashkil qilinyapti.

Buxoro shahrida salkam 30 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Salomatlik maskani” xususiy shifoxonasi xodimlarining 41 nafari  O‘zLiDeP  a’zosidir. Bu yerda tashkil etilgan partiya boshlang‘ich tashkiloti a’zolari hududda partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish barobarida turli tadbirlarda hamisha faol.

Yaqinda BPTning umumiy yig‘ilishida partiya Buxoro shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Ruslan Zagretdinov xorijiy davlatlar tajribasida o‘zini oqlagan muddatidan ilgari Prezident saylovi jarayoni yurtimizda ham yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonch bildirar ekan, barchani joylardagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishga chaqirdi.

Shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasiga delegat etib  Dilorom Sattorova saylandi. Shu kuni O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlagan  41 kishining imzosi to‘plandi. 

“CARMEN plus” tibbiyot markazi xodimlari ham Prezident sayloviga tayyorgarlik borasida o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Bu yerda o‘tgan  yig‘ilishda O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlagan  60   kishining imzosi to‘plandi.

Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich partiya tashkilotida o‘tkazilgan yig‘ilishda esa 61  nafardan iborat quyi bo‘g‘in a’zolari ishtirok etdi. Mahalliy kengash deputati Muborak Naimova bo‘lajak saylovning uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi O‘zLiDeP tarafdorlari va maslakdoshlarining targ‘ibot va tashviqot ishlariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Shu kuni imzo to‘plash jarayoni ham amalga oshirilib, siyosiy kuchdan Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlagan 61 kishining imzo varaqalari to‘plandi.

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+