Viloyat konferensiyasiga delegatlar saylab olinmoqda
20.05.2023, 19:50

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda partiya xodimlari, deputatlar, BPTlarning umumiy yig‘ilishlarida saylangan delegatlar ishtirok etishdi.
Namangan shahar Kengashi tarkibida 108 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. Ular o‘z safiga 5533 nafar partiya a’zolarni birlashtirgan. Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari konferensiyasiga boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan 110 nafar delegatlar saylandi.
Yig‘ilishda partiyaning saylovoldi kampaniyasi davrida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etish masalalari ham belgilab olindi.
Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi va partiya faollaridan O`zLiDeP Namangan viloyat partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasiga delegatlar saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring