Tuman konferensiyasidan delegatlar saylanmoqda

20.05.2023, 19:52

Tuman konferensiyasidan delegatlar saylanmoqda

O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiya faollari, deputatlar, BPTlarning umumiy yig‘ilishlarida saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda Toyloq tuman Kengashi tarkibida 69 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, o‘z safiga 7560 nafar partiya a’zolarni birlashtirgan.

Mazkur yig‘ilishda O'zLiDeP Toyloq tumanidan viloyatning navbatdagi Konferensiyasiga ishtirok etish uchun delegat saylab olish masalasi muhokama qilindi.

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashidan viloyat konferensiyasida ishtirok etish uchun 3 nafar delegat saylandi. Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+