Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Bu esa - navqiron avlod vakillari taqdiriga eng muhim masalalar qatorida qaralayotganining namunasidir. Bugungi yoshlar ham o‘z navbatida o‘zlarining ilg‘or fikrlashi va tashabbuskorligi bilan barcha sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.
Kuni-kecha Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni egallanlarini bunga yaqqol misol qilib keltirish mumkin.
O‘zLiDeP mas’ullari va partiyadan saylangan mahalliy Kengash deputatlari ham yoshlarning munosib ta’lim - tarbiya olishi hamda ularning bandligini ta’minlash masalasida zimmasida ham katta mas’uliyat borligini his etgan holda ish olib bormoqdalar.
Yaqinda OʻzLiDeP Qorako‘l tuman Kengashi raisi, mahalliy Kengash deputati, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Elyor Oltiyev o‘zi taxsil olgan hududdagi Mallaisheyx MFY joylashgan 20-sonli o‘rta umumta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat yoshlarning qiziqishlari, ularning kelgusidagi o‘y-rejalari bilan o‘rtoqlashish bilan birga ularni qiynayotgan muammolarni ham tingladi. Ularning yechimi borasida tegishli tavsiyalar berdi. Shuningdek, ayni paytda tumanda tor soha yo‘nalishlari bo‘yicha shifokorlik kasbiga talab yuqoriligini inobatga olib, yoshlarni ushbu yo‘nalishlarga jalb qilish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.
Tadbir yakunida deputat E.Oltiyev tomonidan maktabning pedagogik jamoasi, iqtidorli va faol o‘quvchilariga badiiy kitoblar to‘plami hamda esdalik sovg‘lari topshirildi.
Kelgusida shu kabi tadbirlarni yana davom ettirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
-
Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi
05.04.2023, 14:15
Fikringizni qoldiring