O‘zLiDeP tuman va shahar tashkilotlari konferensiyalari qizg‘in davom etmoqda
24.05.2023, 13:14

Ularda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasida siyosiy kuchning munosib ishtirokini ta’minlash hamda viloyat partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlarni saylash masalalari muhokama qilinmoqda.
Vobkent tuman hokimiyatida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda partiya tuman kengashi mas’ullari, deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan saylangan delegatlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
- Prezident saylovi yangilangan Konstitutsiya, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tkazilishi lozim, – dedi Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Farmon Aminov. – Buning uchun a’zolarimiz, mahalliy kengash deputatlari, quyi bo‘g‘inlar faolligidan unumli foydalanishimiz kerak.
Konferensiyada partiya tuman tashkilotining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati atroflicha tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi, yangi g‘oya va tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir yakunida O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatayotgan faollar orasidan viloyat partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Xuddi shunday konferensiyalar partiyaning Buxoro, Jondor, Qorovulbozor tuman tashkilotlarida ham bo‘lib o‘tdi.
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring