Zarbdor tuman partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
24.05.2023, 16:53

Mazkur anjumanda Oliy Majlis Senati a’zosi Xolida Alimova, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O`zLiDeP viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘lim mudiri Xolbek Asatov, Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Sirojiddin Axmatov, xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputatlari hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.
Konferensiya kun tartibida delegatlar tomonidan ikkita masala ko‘rib chiqildi. Birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Anvar Aralov so‘zga chiqib, partiya Zarbdor tuman Kengashi faollarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovdagi ishtiroki borasida oldinda turgan galdagi vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi Konferensiyasiga O`zLiDeP Zarbdor tuman partiya tashkilotidan delegatlar saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 4 nafar delegat saylab olindi.
Konferensiya davomida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring