Barcha islohotlar xalqimiz farovonligi uchun
24.05.2023, 17:08

Mamlakatimizda katta siyosiy tadbir – muddatidan ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
O‘zLiDeP Parkent tuman partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasida ham saylovda faol ishtirok etish hamda viloyat konferensiyasiga delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.
Ayni paytda o‘z safida 4 700 dan ziyod a’zoni birlashtirgan kengashda salkam 43 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Hozirda ushbu tayanch bo‘g‘inlarining barchasida Prezident saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda shahar konferensiyasiga delegatlar saylash masalalariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Tadbirda siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish, liberalchilar g‘oyalarini keng aholi orasida yanada keng targ‘ib qilish vazifalari belgilab olindi. So‘zga chiqqanlar e’tirof etganidek, barcha sohalardagi islohotlar xalqimiz farovonligi uchun amalga oshirilmoqda. Birgina tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib yanada erkinlashtirildi, raqobatni qo‘llab-quvvatlash orqali davlatning iqtisodiyotga aralashuvi cheklandi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlar saylandi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring