Qoraqalpog‘iston Respublikasidan delegatlar saylandi
25.05.2023, 19:54

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi. Unda partiyaning barcha quyi bo‘g‘inlari, tuman, shahar konferensiyalaridan saylangan delegatlar qatnashdi.
Tadbirni O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov boshqardi. Notiq ta’kidlaganidek, yurtimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti yaratilgan, natijada tadbirkorlar soni qariyb 2 millionga yetdi. Ushbu amaliy ishlar respublikamizning barcha tuman, shaharlarida o‘z ifodasini topmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur kengashda 86 mingdan ziyod a’zoni birlashtirgan 1 060 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Yetakchi partiyaning maqsadi olijanob va tanti xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqchida davom ettirishdir.
Anjuman so‘ngida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI s’ezdida qatnashish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasidan delegatlar saylandi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring