O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22

Shu kunlarda O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlarining navbatdagi konferensiyalari tashkil etilmoqda.
Xuddi shunday, O‘zLiDeP Namangan viloyat partiya tashkilotining konferensiyasi o‘tkazildi. Partiyaning barcha quyi bo‘g‘inlari, tuman, shahar konferensiyalarida saylangan delegatlar qatnashgan tadbirda muddatidan oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda ushbu kengashdan O‘zLiDeP XI s’ezdiga delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, saylovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish borasida aniq vazifalar belgilanmoqda. Mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilyapti. Tadbirkorlik faoliyati zamonaviy bozor munosabatlaridan kelib chiqib, yanada erkinlashtirilyapti. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tubdan soddalashtirildi.
Konferensiya so‘ngida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI syezdida qatnashish uchun Namangan viloyatidan delegatlar saylandi.
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring