Islohotlar xalq uchun, har bir inson uchun!

27.05.2023, 17:14

Islohotlar xalq uchun, har bir inson uchun!

Ayni paytda bo‘lajak O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zLiDeP hududiy tashkilotlarida  tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda O‘zLiDeP XI S’ezdiga partiya viloyat tashkilotidan delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozimki, delegatlar va taklif etilganlar orasida  xotin – qizlar 28 foizni, partiyaning “Yoshlar qanoti” vakillari 20 foizni tashkil etdi.

Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Konferensiyasining vakolatli vakillari turli soha vakillari ekanligi ham jiqqatga sazovor. Ishtirokchilarning 22 foizini iqtisodchilar , 28 foizini tadbirkorlar , 17 foizini fermerlar tashkil qildi, Shuningdek, konferensiya ishida o‘qituvichlar, huquqshunoslar, shifokorlar va boshqa kasb egalari bo‘lgan maslakdoshlarimiz ham ishtirok etishdi.

Vakillar orasida O’zbekiston Qahramoni, respublikada xizmat ko‘rsatgan turli soha vakillari, davlatimizning  orden va medallari bilan taqdirlangan partiyadoshlarimiz borligi anjuman nufuzidan darak beruvchi mezonlardan biri bo‘ldi.

Anjumanda so‘zga chiqqan viloyat partiya viloyat hududiy tashkilotining raisi Erkin Xolmatov, bugun mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan tashkil etish va o‘tkazish, mazkur siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish borasida joylarda saylov bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Hozirda  viloyatda 102  ming  nafardan oshiq a’zolarni birlashtirgan 990 ta ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Siyosiy jarayonlarda puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiya g‘oyalarini keng aholi orasida  targ‘ib qilish, partiya faollarini sonini yanada ko‘paytirish, saylovga oid barcha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarni samarali tashkil etish borasida vazifalar belgilab olinmoqda.

Mazkur vazifalarni joylarda yetkazish maqsadida barcha quyi bo‘g‘inlarda dastlab umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi. Shundan so‘ng quyi bo‘g‘inlardan saylangan delegatlar tuman (shahar) kengashlari konferensiyalarida ishtirok etib, eng munosiblari viloyat konferensiyasiga delegat qilib saylandilar.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar, keyingi yetti yilda Yangi O’zbekistoda amalga oshirilayotgan islohotlar  “Xalq uchun, har bir inson uchun !” degan hayotbaxsh shior asosida amalga oshirilayotganini, barcha sohalar mutlaqo yangicha islohot va o‘zgarishlar bilan qamrab olinganligini ta’kidlab o‘tdilar.

O’z navbatida O‘zLiDeP bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan Jizzax viloyat partiya tashkiloti Konferensiyasidan partiyaning XI S’ezdiga delegatlar saylab olindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot markazi

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+