Muhim siyosiy jarayonga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda
27.05.2023, 17:41

O‘zLiDeP Toshkent viloyat partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi.
Tadbirda muddatidan oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda partiyaning Toshkent viloyat Kengashidan O‘zLiDePning XI S’ezdiga delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.
Ayni paytda viloyat Kengashi tarkibida 110 mingdan ziyod a’zolar va 1014ta BPT mavjud bo‘lib, hozirda barcha bo‘g‘inlarda Prezident saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar qayd etishganidek, bugun partiyaning barcha bo‘g‘inlardagi tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkillashtirish ishlari katta uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish borasida aniq vazifalar belgilab olinmoqda.
Konferensiya so‘ngida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI S’ezdida qatnashish uchun Toshkent viloyatidan delegatlar saylandi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tanlovning Urganch shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
28.07.2023, 15:55
-
Ko‘rik-tanlovning Guliston tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
27.07.2023, 12:38
-
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi
14.07.2023, 14:53
-
MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv
07.07.2023, 20:42
-
Tadbirkorlarga sanoat ipotekasi tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi
06.07.2023, 12:21
Fikringizni qoldiring