Sanoat taraqqiyotida yangi ufqlar ochiladi

01.06.2023, 10:33

Sanoat taraqqiyotida yangi ufqlar ochiladi

Partiyamizdan Prezidentlikka nomzodimiz o‘z saylovoldi dasturi to‘g‘risida atroflicha ma’ruza qilib, iqtisodiyot, xususan, sanoatni rivojlantirish borasidagi muhim vazifalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Bunda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish, har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari barpo qilinishi sohaga e’tiborning yanada kuchayishidan, sanoat taraqqiyotining sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarilishidan darak bermoqda.

Xalqimiz partiyamiz ilgari surayotgan nomzodni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashga ishonaman. Chunki u kishi xalqparvar siyosatchi, yuksak salohiyatli iqtisodchi va haqiqiy reformator ekanligini amalda isbotladi.

Xalqimizning turmush tarzi, yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalari yanada ravnaq topish omili, shubhasiz, Shavkat Mirziyoyevni davlat rahbari etib saylashda deb bilaman va yurtdoshlarimizni ham bunga da’vat etib qolaman.

Shuhrat ASLONOV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+