Odamlarni hayotidan rozi qilish maqsadlarimizning eng avvali bo‘lib qoladi

01.06.2023, 18:16

Odamlarni hayotidan rozi qilish maqsadlarimizning eng avvali bo‘lib qoladi

O‘zLiDePning XI s’ezdida partiyamizdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi to‘g‘risida atroflicha ma’ruza qilar ekan, asosiy maqsad – odamlarni hayotidan rozi qilish va buning uchun barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash vazifalariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ma’ruzadagi biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bundan buyon ham davom ettirilishi haqidagi fikrlar barcha tadbirkorlarni to‘lqinlantirib yubordi.

Eng avvalo, soliq tizimini soddalashtirish va biznes egalariga teng imkoniyatlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligi qat’iy kafolatlanadi.

Ijtimoiy himoya soliq siyosati orqali ham kuchaytirilmoqda. Ma’lumki, bu borada yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliqni qaytarib berishni joriy qilingan edi. Endi ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholini ishga olgan korxonalarga xodimining daromad solig‘i ham qaytarib beriladi. Sohani to‘liq raqamlashtirish orqali vaqtida soliq to‘layotgan korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati bir kun etib belgilanmoqda. Bunday korxonalarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi va davlat xaridlarida ustunlik beriladi. 

Tadbirkorlik rivojiga keng yo‘l ochib berilishi, o‘z navbatida, xalq farovonligi, vatan ravnaqini ta’minlanishiga katta xissa qo‘shiladi.

Ravshan FOZILOV,

OzLiDeP Toshkent shahar  kengashi raisi,

shahar kengashi deputati

  • Ko'rildi
    151
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+