Har qaysi insonning qalbida bir quyosh bor, faqat unga nur sochish imkonini berish kerak

02.06.2023, 16:57

Har qaysi insonning qalbida bir quyosh bor, faqat unga nur sochish imkonini berish kerak

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodimizning saylovoldi dasturida yangragan ushbu so‘zlar meni qattiq hayajonga soldi.

Darhaqiqat, yurtimizning eng katta boyligi – bu avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan shu zaminni ardoqlab kelayotgan mehnatkash, mehmondo‘st, pok qalbli yurtdoshlarimizdir. Ularning har biri bir olam. Ularning har biri o‘z orzu umidlari bilan yashaydi. Ularni birlashtirib turuvchi umumiy fazilat esa – shu yurt ravnaqi, shu el kamolidir.

Xalqimizga xos aql-zakovat, iste’dod va qobiliyat quyosh kabi nur sochib, uning yo‘lini yoritsa, buning uchun imkoniyat yaratilsa, jamiyatda o‘sish, o‘zgarish va ravnaq bo‘ladi. Shu sabab, saylovoldi dasturida ayni paytda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchillik bilan davom ettirish borasida ilgari surilgan vazifalar kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimizning butun salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkon beradi.

Zero, nomzodimiz o‘z saylovoldi dasturida takrorlaganlaridek: “Yangi O’zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi”.

Anorboy Eshmatov,

O’zbekiston Qahramoni, xalq deputatlari

Jizzax viloyat Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    209
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+