Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni

02.06.2023, 17:05

Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning O‘zLiDePning XI-c’ezdidagi nutqini ushbu quriltoy zalida tinglab, partiya nomzodi tomonidan  ilgari surilgan 5 ta istiqbolli maqsadning har bittasi saylovoldi dasturining eng muhim jihatlarini o‘zida aks ettirganini aniq his etdim.

Ayniqsa, kichik, o‘rta biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarning nomzod dasturidan mustahkam o‘rin olganligi va hech shubhasiz, amalga oshirilishi soha xodimlari shu jumladan, O‘zLiDeP faollari zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Zotan, o‘rta qatlam vakillari huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash partiyamizning dasturiy g‘oya va maqsadlarining biridir. Aynan shuning o‘zi Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi, partiyaning hayotbaxsh intilishlari bilan hamohang va mushtarak ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Ya’ni, dasturdagi tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratishi bo‘yicha ishlarni davom ettirish nazarda tutilganligi, ayniqsa biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligini qat’iy kafolatlash ko‘zda tutilayotganligi soha xodimlarini cheksiz mamnun etgani o‘z-o‘zidan ayon. Bir so‘z bilan aytganda ushbu saylovoldi dasturini o‘z mazmun-mohiyati bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining mantiqiy va uzviy davomi deb aytsa bo‘ladi.

Xususan, so‘nggi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili hamda “Avval inson, keyin jamiyat va davlat” degan xalqchil g‘oya asosida xalqimizning farovonligi oshirilib, iqtisodiyot tarmoqlari transformatsiya qilinganligi, inson huquq va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishlardagi istiqbolli vazifalarning Prezidentlikka nomzod dasturida o‘z ifodasini topganligi Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi turgan gap.

Shunday ekan, O‘zLiDeP Buxoro viloyati Kengashi Prezidentlikka nomzod dasturi mazmun-mohiyatini joylarda keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab olgan holda faoliyat olib boraveradi.  

Bobomurod Ochilov,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi

 birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+