Mahalla tizimi barcha islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inidir

21.07.2023, 10:54

Mahalla tizimi barcha islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inidir

So‘nggi 6-7 yilda mahallalarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi. Sohada ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Prezidentimizning saylovoldi dasturida mahalla rivoji yo‘lida belgilangan ustuvor vazifalar esa islohotlar bardavom bo‘lishiga zamin hozirladi. Masalan, aholi farovonligini ta’minlashda mahallani jamoatchilik va davlat organlari o‘rtasidagi tayanch ko‘prikka aylantirishga alohida e’tibor qaratilishi, mol-mulk va yer soliqlari mahallada qolishi hisobiga mahalla budjetida yiliga 3 trillion so‘m mablag‘ paydo bo‘lishi belgilandi.

Davlatimiz rahbari lavozimga kirishish tantanali marosimidagi nutqida Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylantirish borasida bildirgan fikrlari bu yo‘nalishda ulkan marralar belgilanganidan darakdir. Bir yoqadan bosh chiqarib, birdam bo‘lsak, nasib etsa, barcha maqsadlarga erishamiz, marralarni zabt etamiz.

Majlisda yangilangan Konstitutsiyamiz va Prezidentimiz saylovoldi dasturida belgilangan shu kabi ustuvor maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va tushuntirish ishlarini olib borish, partiyaning quyi bo‘g‘inlari va faollari orasida seminarlar tashkil qilish borasida aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Shuhrat BAFAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    88
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+