Faqat va faqat bir maqsad yo‘lida hamjihat bo‘lib ishlashimiz darkor
21.07.2023, 11:00

Prezidentimizning lavozimga kirishish marosimidagi nutqini tinglab, barcha sohalar qatori sanoatimiz ham yanada rivoj topishiga ishonchim ortdi. Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 1 milliard dollar ajratish orqali mamlakatimizda yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yangi bosqichga olib chiqilishi belgilangan edi.
Shuningdek, 2030 yilga qadar 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish, har bir tumanda kamida mingta ish o‘rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil etish, eksport hajmini 2 barobar oshirib, 45 milliard dollarga yetkazish ustuvor vazifa bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Prezidentimiz lavozimga kirishish tantanali marosimida ham mamlakatimizda bugun mavjud bo‘lgan sanoat salohiyati dunyodagi ko‘pgina davlatlarda yo‘qligini, mana shunday noyob salohiyatimizni yanada rivojlantirish, yurtimizni qudratli industriya makoniga, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy mamlakatga aylantirish bo‘yicha katta-katta dasturlar qabul qilingani va ular albatta amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tdi. Demak, ko‘ngilni to‘q qilib, faqat va faqat bir maqsad yo‘lida hamjihat bo‘lib ishlashimiz darkor.
Nodir JUMAYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi
O'xshash yangiliklar
-
Axborot texnologiyalari: yoshlar uchun madad va rag‘bat
30.11.2023, 10:02
-
Murojaatlar ortida inson taqdiri bor
30.11.2023, 09:58
-
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti – global ahamiyatga molik o‘zaro bog‘liqlik markazi
27.11.2023, 09:22
-
Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi
10.11.2023, 15:58
-
Hosildorlik bo‘yicha O’zbekiston – birinchi! Natijadorlik ham chakkimas
09.11.2023, 12:37
Fikringizni qoldiring